Jaloliddin Musayev
Loyihalarga qaytish
MVP2026Chakana savdo

Telegram savdo boti

Oilaviy oziq-ovqat do'koni uchun to'liq buyurtma oqimi Telegram ichida — katalogdan adminga bildirishnomagacha.

1
buyruq bilan deploy
0
tashqi fayl hosting
91
manba fayl

Muammo

Kichik oilaviy do'kon uchun sayt ham, mobil ilova ham qimmat va ortiqcha edi — mijozlar allaqachon Telegram'da o'tirardi va buyurtmani shunchaki yozib yuborardi. Natijada buyurtmalar chat oqimida yo'qolardi, narx har safar qayta so'ralardi, tugab qolgan mahsulot haqida faqat javob berishga ulgurgan odam bilardi.

Yechim

Butun oqimni bot ichiga tuzdim: kategoriya → mahsulot → savat → checkout → adminlar guruhiga bildirishnoma. Admin katalogni ham bot ichidan boshqaradi — hech qanday panelga kirmasdan mahsulot qo'shadi, narx o'zgartiradi, tugagan tovarni belgilaydi. Mahsulot rasmi Telegram `file_id` sifatida saqlanadi, shuning uchun tashqi fayl hosting umuman kerak emas.

Asosiy imkoniyatlar

  • aiogram 3 FSM va Redis — savat va checkout holati saqlanadi, foydalanuvchi to'xtab qolsa yo'qolmaydi
  • Admin butun katalogni bot buyruqlari orqali boshqaradi: mahsulot, narx, mavjudlik
  • Mahsulot rasmi Telegram `file_id` sifatida — tashqi fayl hosting kerak emas
  • Buyurtmalar adminlar guruhiga tuzilgan ko'rinishda tushadi
  • Ko'p tilli matnlar alohida qatlamga ajratilgan
  • Docker Compose — bitta buyruq bilan ko'tariladi, migratsiya avtomatik qo'llanadi
  • Async SQLAlchemy va repository qatlami: keyingi mobil ilova aynan shu ma'lumot qatlami ustiga quriladi
  • Telegram WebApp orqali kirish uchun alohida FastAPI API

Arxitektura

Bot polling rejimida ishlaydi, holat Redis'da, ma'lumot PostgreSQL'da. Repository qatlami bot va API o'rtasida umumiy — kelajakdagi mobil ilova domen mantiqini takrorlamaydi.

Kirish nuqtalari

Telegram botTelegram WebAppAdmin group

Handler va holat

Savat va checkout holati Redis'da

aiogram routersFSM statesMiddlewaresi18n

Repository qatlami

CatalogCartOrdersShop settings

Ma'lumot va deploy

PostgreSQLRedisAlembicDocker Compose

Texnologiyalar

Backend

Python 3.11aiogram 3SQLAlchemy 2.0 (async)PostgreSQLRedisAlembicFastAPI

Infratuzilma

DockerDocker ComposeAuto migrations

Telegram

Bot APIFSM statesWebApp loginAdmin group routing

Mening rolim

Yagona dasturchi: bot, ma'lumot modeli, admin oqimi, WebApp API va Docker deploy.

Mijoz nomlari, domenlar va server manzillari maxfiylik sababli oshkor qilinmagan.