Jaloliddin Musayev
Loyihalarga qaytish
Ishlab turibdi2025 — 2026Logistika va distributsiya

Ombor boshqaruv tizimi (WMS)

Yirik FMCG distributori uchun qabuldan yetkazishgacha bo'lgan to'liq ombor tizimi — to'rtta klient ilova va tashqi ERP bilan jonli sinxronizatsiya.

1 295
commit
820
manba fayl
4
klient ilova
3
til

Muammo

Ombor qog'oz varaqa va Excel bilan yuritilardi. Qoldiq real vaqtda ko'rinmasdi, muddati o'tishga yaqin tovar oddiy tovar bilan aralashib ketardi, terishdagi xato faqat mijoz shikoyat qilgandan keyin ma'lum bo'lardi. Kompaniyaning ERP tizimidagi buyurtmalar omborga qo'lda ko'chirilardi — bu kechikish va nomuvofiqlikning doimiy manbai edi.

Yechim

Qabuldan yetkazishgacha bo'lgan butun zanjirni bitta tizimga oldim. Har bir tovar partiya va muddat bilan qabul qilinadi, terishda FEFO bo'yicha eng erta muddatli partiya avtomatik taklif qilinadi, terimchi telefonidagi ilovada shtrixkod skanerlaydi. Kompaniyaning ERP tizimi bilan almashinuv alohida worker jarayonida — buyurtma, mahsulot va qoldiq avtomatik sinxronlanadi, xato bo'lsa qayta uriniladi.

Asosiy imkoniyatlar

  • FEFO: muddati eng erta tugaydigan partiya avtomatik tanlanadi; muddati o'tgan tovar qabulda bloklanadi
  • Wave picking — buyurtmalar to'lqinlarga guruhlanadi, ombor bo'ylab marshrut qisqartiriladi
  • Offline navbat: internet uzilganda mobil ilova ishlashda davom etadi, ulanish tiklanganda amallar tartib bilan yuboriladi
  • "Bitta profil — bitta qurilma" sessiya nazorati va har bir amal uchun audit log
  • Rollar: administrator, kontroler va terimchi — har biriga alohida interfeys va huquqlar
  • Tashqi ERP bilan ikki tomonlama integratsiya: buyurtma, mahsulot va qoldiq sinxroni fon worker'ida
  • To'rtta klient: React PWA admin, React Native Android ilovasi, Capacitor PWA va Tauri desktop
  • FCM push bildirishnomalar va uch tilli interfeys (o'zbek, rus, ingliz)
  • Locust bilan yuklama testlari — real ombor smenasi sharoitida tekshirilgan

Arxitektura

Bitta FastAPI API to'rtta klientga xizmat qiladi. Tashqi ERP bilan almashinuv API jarayonidan ajratilgan worker orqali ketadi — shuning uchun integratsiya sekinlashsa ham ombor ishlashda davom etadi.

Klientlar

Skaner, offline navbat, push

React PWA adminReact Native (Android)Capacitor PWATauri desktop

API qatlami

REST, sessiya nazorati

FastAPIJWT auth + RBACAudit logi18n

Domen xizmatlari

ReceivingFEFO allocationWave pickingStock & inventory

Ma'lumot va fon jarayonlari

Navbat, retry, crash recovery

PostgreSQLAlembic migrationsERP sync worker

Texnologiyalar

Backend

PythonFastAPISQLAlchemyAlembicPostgreSQLPydanticJWT

Veb

React 19TypeScriptVite 7Tailwind CSSReact Router 7i18next

Mobil

React NativeVision CameraCapacitorML Kit / ZXingTauriFCM

Infratuzilma

nginxsystemdBackground workerLocust

Mening rolim

Yagona dasturchi: arxitektura, backend, veb-admin, mobil ilovalar, ERP integratsiyasi, server deploy va yuklama testlari.

Mijoz nomlari, domenlar va server manzillari maxfiylik sababli oshkor qilinmagan.