Jaloliddin Musayev
Loyihalarga qaytish
Ishlab turibdi2026Ovqatlanish va yetkazib berish

Korporativ ovqat yetkazish platformasi

Kompaniya xodimlari uchun Telegram Mini App orqali tushlik buyurtmasi — ilova o'rnatmasdan, firma esa oylik faktura oladi.

3
klient yuzasi
3
til
123
manba fayl
0
o'rnatiladigan ilova

Muammo

Kompaniyalar xodimlarining tushlik buyurtmasini guruh chatida yoki qog'ozda yig'ardi. Kim nima buyurtma qilgani chalkashardi, kesim vaqti aniq emasdi, oy oxirida kim qancha to'lashi kerakligini hisoblash alohida ish edi. Yetkazuvchi tomonda esa ertaga nechta porsiya tayyorlash kerakligi oxirgi daqiqagacha noma'lum bo'lardi.

Yechim

Butun oqim Telegram ichiga ko'chirildi. Xodim taklif havolasi yoki firma kodi bilan o'z kompaniyasiga qo'shiladi, kunlik menyudan tanlaydi, kesim vaqtigacha buyurtma beradi. Firmaga alohida, umumiydan ertaroq kesim vaqti qo'yish mumkin. Admin kunlik menyuni o'zi tuzadi va kesimdan keyin aniq porsiya sonini ko'radi; hisob-kitob firma darajasida yig'iladi.

Asosiy imkoniyatlar

  • Telegram Mini App — alohida ilova o'rnatilmaydi, Telegram akkaunti orqali kirish
  • Firmaga qo'shilish taklif havolasi yoki firma kodi orqali
  • Kunlik menyu konstruktori: taomlar soni har kuni erkin, hafta kunlari bo'yicha sozlanadi
  • Kesim vaqti — umumiy sozlama yoki firmaga alohida, undan ertaroq
  • Bir foydalanuvchi bir kunda bir nechta buyurtma bera oladi, har biri o'z manziliga
  • Garnir va salat variantlari, firma darajasida ruxsat berilishi
  • Telegram bot orqali eslatmalar va buyurtmadan keyin baho so'rash
  • Uch tilli interfeys: Mini App, sayt va admin panel
  • Yetkazish nuqtalari xaritada (Leaflet) — kuryer marshruti uchun

Arxitektura

Bitta FastAPI backend uchta yuzani boqadi: Telegram Mini App, marketing sayti va admin panel. Bot alohida jarayon sifatida eslatma va bahoni yig'adi.

Foydalanuvchi yuzalari

Telegram Mini AppMarketing siteAdmin panelTelegram bot

API

FastAPITelegram authCompany scopingi18n

Domen mantiqi

Daily menuCut-off rulesOrders & optionsCompany billing

Rejalashtirilgan vazifalar

Menu reminderOrder reminderRating prompt

Texnologiyalar

Backend

PythonFastAPISQLiteTelegram Bot API

Veb

Next.js 16React 19Tailwind CSS v4Leaflet

Telegram Mini App

ReactViteTelegram WebApp SDK

Fon vazifalari

Menu remindersOrder remindersRating collection

Mening rolim

Yagona dasturchi: backend, Telegram bot, Mini App, marketing sayti va admin panel.

Mijoz nomlari, domenlar va server manzillari maxfiylik sababli oshkor qilinmagan.