ERP ustidagi analitika paneli
ERP eksportini o'qiydigan, tozalaydigan va dasturchisiz yangi hisobot yig'ish imkonini beradigan panel. Ikki distributor kompaniyasida joriy etilgan.
- 2
- kompaniyada joriy
- 291
- commit
- 338
- manba fayl
- 0
- qo'lda Excel hisobot
Muammo
ERP tizimidan ma'lumot faqat xom eksport ko'rinishida chiqardi. Rahbariyat har hafta bir necha soat sarflab Excel'da hisobotni qo'lda yig'ardi, har bo'lim o'z kesimini so'rardi va har bir yangi kesim uchun yana dasturchi kerak bo'lardi. Formulalar nusxadan nusxaga o'tib, sonlar bir-biriga to'g'ri kelmay qolardi.
Yechim
Eksport faylni yuklaydigan, validatsiya qiladigan va tarixni saqlaydigan import quvuri qurdim. Ustiga drag & drop hisobot konstruktori qo'ydim: foydalanuvchi o'lchov va ko'rsatkichlarni o'zi tortib, yangi kesim yaratadi va uni stillangan Excel faylga chiqaradi. Bir marta qurilgan mahsulot ikkinchi kompaniyaga sozlama darajasida moslashtirildi.
Asosiy imkoniyatlar
- .xlsx va .csv import — validatsiya, dublikat aniqlash, yuklash tarixini saqlash
- Drag & drop hisobot konstruktori: dasturchisiz yangi kesim yaratish va saqlash
- Stil bilan Excel eksport — hisobot tayyor holda rahbariyatga jo'natiladi
- Interaktiv grafiklar va ko'rsatkich panellari
- QR-kod orqali xodim davomatini belgilash
- Ikki xil autentifikatsiya: veb uchun sessiya, mobil ilova uchun alohida JWT API
- Dark / light rejim va to'liq mobil moslashuv
- CI/CD: `main` ga push → GitHub Actions → serverda avtomatik build va restart, parallel ravishda Vercel deploy
- Bir mahsulot ikki kompaniyada — kosmetika va o'yinchoq distributsiyasi
Arxitektura
Next.js App Router ichida hammasi bir joyda: sahifalar, route handler'lar va Prisma orqali baza. Mobil ilova bir xil ma'lumotga alohida JWT API orqali kiradi, veb esa sessiya bilan.
Ma'lumot manbai
Import quvuri
Zod sxemalari bilan tekshiruv
Ilova
Kirish
Ma'lumot
Texnologiyalar
Veb
Backend
Ma'lumot bilan ishlash
Infratuzilma
Mening rolim
To'liq mahsulot: ma'lumot modeli, import quvuri, hisobot konstruktori, autentifikatsiya, mobil API va CI/CD.
Mijoz nomlari, domenlar va server manzillari maxfiylik sababli oshkor qilinmagan.